Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Tramp millionlab muhojirlarni deportatsiya qilish tarafdori. Karlson: Putin Ukraina masalasida murosaga tayyor. Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yana otishma

🔹 Donald Tramp shu yilning noyabr oyida AQSh prezidenti etib saylansa, AQShdan millionlab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Buning uchun u barcha mumkin bo‘lgan bo‘limlarni jalb qilish va chegarada ob’yektlar qurishni maqsad qilgan.

🔹 AQSh Senati byudjetdan 95 milliard dollardan 30 soatgacha qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutuvchi hujjat muhokamasini chekladi. Ukraina va Isroilga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish bugun o‘tkazilishi kutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Germaniya va Fransiyadan ko‘proq harbiy yordam olish uchun yaqinda Berlin va Parijga otlanmoqda.

🔹 Yevropalik fermerlar Yevropa Ittifoqi siyosatini tanqid qilib, rasmiylardan yordam talab qilmoqda. Fermerlarda chekinish niyatida yo‘q. Ispaniya, Polsha va Moldovada fermerlar norozilik namoyishlarini to‘xtatmayapti. Ekin ekish mavsumi arafasida ahvolga hukumat e’tibor qaratishini kutayotgan namoyishchilar mamlakat bo‘ylab asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan

🔹 Yaqinda Putindan intervyu olgan amerikalik jurnalist Taker Karlson Rossiya prezidenti Ukraina bo‘yicha jiddiy murosa qilishga tayyor, degan fikrni bildirdi.

🔹 Eron uzoq masofali ballistik raketani muvaffaqiyatli uchirdi.

🔹 Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi, tomonlar bunda bir-birin ayblamoqda. Oxirgi oylarda ikki davlat chegarasida sulh buzilishi kuzatilmagan. Tomonlar tinchlik shartnomasining yakuniy loyihasi ustida ishlayotgan edi.

🔹 Turkiyaning Antaliya shahrida kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Avtomobil va uylarning birinchi qavatlari shahar ko‘chalaridagi "daryo"lar ostida qolmoqda. Shu sababli transport aloqalari uzilib, maktablarda o‘qish to‘xtatilgan.