Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Xitoy Moskva va Kiyevni muzokaraga undamoqchi. Isroil gumanitar yordam mashinasiga zarba berdi
🔹 Pekin Moskva va Kiyevni janglarni tugatish bo‘yicha muzokaralar sari undash uchun yangi diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari o‘rinbosari bilan uchrashgan Pekinning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili ham “jangovar harakatlarni to‘xtatishning yagona yo‘li muzokaralar” demoqda.
🔹 Turkiyada inflyasiya 70 foizga yaqinlashib, 15 oyning eng yuqori ko‘rsatkichiga yetgan. Foiz stavkalarini oshirish to‘xtatilganidan hushyor tortgan Markaziy bank bu tezlashuvni diqqat bilan kuzatmoqda.
🔹Kecha, 3 mart kuni Isroil harbiylari G‘azo sektori markazida gumanitar yordam olib ketayotgan mashinaga zarba bergani xabar qilindi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar yaralangan.
🔹 AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Falastinning HAMAS harakati va Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqin, deb hisoblaydi. U o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
🔹 Gaitida jinoyatchilar qamoqxonaga hujum qilib, 4 mingga yaqin mahbusni chiqarib yuborgan. Kamida 10 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
🔹 Mamlakatda o‘tkazilgan referendumda shveysariyaliklar yillik qo‘shimcha pensiya uchun va pensiya yoshini 65 yoshdan 66 yoshgacha ko‘tarishga qarshi ovoz bergan.
🔹 Kolumbiya okrugidagi Respublikachilar partiyasining boshlang‘ich saylovida mag‘lub bo‘lgan AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp uni “botqoqlik” deb atadi. Bu hududda Trampning raqibi Nikki Xeyli birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan.