Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi. Saakashvili deputatni o‘ldirishga urinishda ayblangan. Xominaiy fatvosi Eronni yadroviy poygadan cheklamoqda

🔹 Xitoy Markaziy banki raisining sobiq o‘rinbosari 55 mln dollar pora uchun o‘limga hukm qilindi.

🔹 Vladimir Zelenskiy Ukrainaning zaiflashgan pozitsiyalari fonida Rossiya bilan muzokaralar olib borishga ochiqroqdir. “Kiyevdagi g‘arb diplomatlari, Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududining 20 foizdan ko‘prog‘ini egallab turgani va hech qanday hududni berishi dargumon bo‘lishiga qaramay, Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni boshlash uchun ochiqroq bo‘lganini his qildi”, deb yozadi Washington Post.

🔹 Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki portlashidan omon qolganlarni birlashtirgan Nihon Hidankyo tashkilotiga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi.

🔹 Shimoliy Koreya Ukrainaga qo‘shin kiritgan bo‘lishi mumkin. Aytilishicha, Shimoliy Koreya harbiylari KN-23 raketalari uchirish tizimining ishlashini ta’minlash orqali rossiyaliklarga yordam bermoqda.

🔹 Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xominaiy 2003 yilda qabul qilingan yadro qurolini yaratishni taqiqlovchi fatvoni bekor qilishdan bosh tortdi.

🔹 Meksika ko‘rfazida, “Milton” to‘fonidan keyin muzlatgich ustida jon saqlagan odam qutqarildi. U qayig‘i buzilgan baliqchi bo‘lgan.

🔹 Livanning “Hizbulloh” harakati razvedka xizmati rahbari Vafiq Safo Isroilning Bayrutga havo hujumlaridan so‘ng omon qolgan.

🔹 Zelenskiy va Makron o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Zelenskiy idorasining xabariga ko‘ra, Emmanuel Makron bilan uchrashuvda tomonlar birgalikda qurol ishlab chiqarish masalasini muhokama qilgan.

🔹 Erdo‘g‘on so‘nggi kunlarda ayollarga qilingan shafqatsiz hujumlarga javoban jinoiy qonunlarni qat’iylashtirishga va’da berdi. Bu yil mamlakatda 300 ga yaqin ayol qotillik qurboni bo‘lgan deyiladi " Politico"da.

🔹 Obama sobiq prezident Trampni Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida tanqid qildi. "Trampni faqat pul va mavqe qiziqtiradi", degan u.