Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Yaponiyada ruhiy kasalliklar soni oshmoqda

🔹 Londondagi AQSh elchixonasi oldida portlash yuz berdi. Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, bino yonida “shubhali paket” topilgan. Tergov davom etmoqda.

🔹 Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQSh bilan yadroviy urush xavfi darajasini “rekord yuqori” deb atadi. “Koreya yarimorolidagi mojaro tomonlari hech qachon bunchalik xavfli va keskin qarama-qarshilikda bo‘lmagan, har daqiqada eng halokatli termoyadro urushiga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan vaziyatda”, dedi u.

🔹 Germaniya NATOning sharqiy qanotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaroga hozirlik ko‘rmoqda, bu esa mamlakatga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Bundesver infratuzilmani himoya qilish, resurslarni safarbar qilish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan 1000 sahifalik maxfiy strategik operatsion rejasini ishlab chiqqan. Bu choralar Germaniyaning Sharqiy Yevropada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keskinlashuvga tayyorgarligi, deyishmoqda ekspertlar.

🔹 Germaniya kansleri Olaf Shols boshiga "Baydenning kuni" tushadi, deya bashorat qilinmoqda. Ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishdan voz kechish va yanada mashhurroq mudofaa vaziriga yo‘l ochish uchun o‘z partiyasi tomonidan kuchayib borayotgan bosimni OAV shunday sharhlamoqda.

🔹 Isroil Bosh vaziri Netanyaxuning yordamchisi, devonning sobiq matbuot maslahatchisi Eliezer Feldshteyn maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

🔹 Eron MAGATE Boshqaruvchilar kengashining 21 noyabrda qabul qilingan Eronga qarshi rezolyusiyasiga javoban uranni boyitish uchun yangi sentrifugalarni ishga tushirmoqchi.

🔹 Xitoy 10 oy ichida Rossiyadan uran sotib olishni 3,2 barobarga oshirdi.

🔹 Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi uchun muhojirlarning ahamiyatini demografik inqirozdan chiqish yo‘li sifatida tushuntirdi.

🔹 2023 yilda ish bilan bog‘liq stress ruhiy kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lgan yaponiyaliklar soni rekord darajaga yetdi. Asosan rahbarlik lavozimini egallagan orasida kasallik ko‘paygan. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatda o‘rta bo‘g‘in menejerlari o‘z rahbariyatining bosimiga duchor bo‘lgan. Yaponiyada o‘rta bo‘g‘in menejerlari oddiy xodimlarga qaraganda ishda ko‘proq vaqt sarflashadi.

🔹 Bugun Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tadi. Mixail Saakashvili tomonidan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha tergov 2021 yil 1 oktyabrda boshlangan.

🔹 Rossiyada dollarning rublga nisbatan kursi keskin - 103 rubldan oshdi. Kelgusi yilda dollar 120 rublga chiqishi kutilmoqda. Bu rossiyaliklarni import qilinadigan tovarlar narxining oshishi, inflyasiyaning tezlashishi va xarid qobiliyatining pasayishi bilan tahdid qilmoqda.