Xorijdan pul olib turadiganlar pulni bankka bormasdan olishi mumkin

Chetdan doimiy ravishda pul olib turadiganlarga “Aloqabank” mobil dasturida qator qulayliklar yaratilgan, deb yozmoqda davletovuz. Masalan, bankka kelmasdan turib pul o‘tkazmasini qabul qilish mumkin. Bu xizmatni “Aloqabank” birinchilardan bo‘lib joriy qilgan. Pul o‘tkazmasini Visa kartaga, so‘mdagi kartaga yoki hisobraqamga tushirish imkoniyati mavjud. Aytgancha, ushbu xizmat uchun Visa kartani ochish mutlaqo bepul. Ushbu Visa kartalardan naqd pul yechish foizsiz.

Mobil dastur orqali Zolotaya Korona, Contact, MoneyGram, Western Union, Unistream tizimlaridan pul mablag‘larini olish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul (pul o‘tkazmasini onlayn qabul qilish uchun qo‘shimcha xizmat haqi olinmaydi).

P.S.: Bu imkoniyatdan foydalanish uchun bitta ishni qilish kerak. Ya’ni pul o‘tkazmasi xavfsizligini ta’minlash uchun bankka bir marta kelib, zarur ma’lumotlarni qoldirish lozim.