Rossiyaliklarga chet elga naqd pul bilan chiqish tavsiya etildi: xalqaro to‘lov kartalari cheklanishi mumkin 

Bu haqda Davlat dumasi vakili Anatoliy Aksakov jurnalistlarga ma’lum qilgan. 

Avvalroq Visa va Mastersard xalqaro to‘lov tizimlari bir vaqtning o‘zida Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyada ishlashni cheklashga qaror qilgani aytilgandi. Faqat Rossiya ichida Visa va Mastersard kartalari ishlashi ma’lum qilingan. 

Ammo xalqaro karta operatsiyalari mavjud emas. Bu xorijiy onlayn-do‘konlarda xaridlar uchun to‘lovlar hamda chet elda ushbu kartalardan foydalanish uchun ham amal qiladi. Shu tarzda rossiyaliklar hozirgi vaqtda chet elga naqd pul bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi. 

"Hozircha chet elga faqat naqd pul bilan sayohat qilishingiz kerak bo‘ladi, yana bir yo‘li bor - boshqa davlatda karta ochish mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanishingiz ham mumkin. Shuningdek, maxsus turlar ham bor, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga. Ruslar boshqa mamlakatlarga sayohat qilganda karta ochishiga ham cheklov quyilishi mumkin, buni tan olaman", deb aytgan Duma vakili jurnalistlar bilan uchrashuvda.

 Rossiya turoperatorlari rossiyaliklarga VISA va Mastercard kartalarini chiqarish uchun Armaniston, Qozog‘iston va Turkiyaga sayohatlar tavsiya qilgan. Shuningdek, oldinroq VISA va Mastercard kartalarini chiqarish uchun O‘zbekistonga turlar taklif qilingan.