Xorijdan talabalarni olib kelish davom ettiriladi
Koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy davlatlar o‘rtasida transport qatnovlariga nisbatan qo‘yilgan cheklov choralari sabab chet davlatlar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni Vatanga olib kelish va o‘z oilalari bag‘riga eson-omon yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu kunga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk, Istanbul kabi shaharlardan talabalarimiz olib kelindi.
Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan avgust oyining birinchi o‘n kunligida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali o‘zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorijiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.