Xorijiy korxona manfaatlariga 538,6 million so‘m zarar yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda tumandagi “X.B.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasining sobiq xodimi T.U. “Ch.G.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan jamiyatga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 538,6 million so‘mlik g‘isht mahsulotini boshqa fuqaroga naqd pulga sotib yuborib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Departamentning viloyat boshqarmasi axborot xizmati.