XXI asr tabiiy ofatlari: Hind okeani ostida sodir bo‘lgan yer silkinishi
2004 yil 26 dekabr soat 00:58 da Hind okeani ostida sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida yuzaga kelgan sunami tarixda eng dahshatli qirg‘inga olib kelgan. Yer silkinishi magnitudasi 9,1 dan 9,3 ballgacha bo‘lgan va bunday hodisalarni kuzatish tarixida eng kuchli zilzilalarning uchtasidan biri bo‘lgan.
Yer silkinishning epitsentri Indoneziyadagi Sumatra orolining shimoliy-g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida joylashgan Simyolue orolining shimolida (Hind okeani ostida) bo‘lgan. Yer silkinish natijasida yuzaga kelgan sunami Indoneziya, Shri Lanka, Hindiston janubi, Tailand va boshqa davlatlar qirg‘oqlarigacha yetib borgan. Sunamining balandligi 15 metrdan baland bo‘lgan. Sunami ulkan vayronagarchiliklarga va odamlarning hayotdan kuz yumushiga olib kelgan.
Zilzila epitsentridan 6900 kilometr uzoqlikdagi Janubiy Afrika Respublikasining Port Elizabet shaharigacha yetib kelgan va katta vayrongarchiliklarga sabab bo‘lgan. Turli hisoblarga ko‘ra, 225 mingdan 300 minggacha odam halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligini toshgan suv qaytishda okeanga oqizib ketgan. Bunday hodisalar Chilida 1960 yilda 9,5 ball, 1964 yilda Aysi Bey kurfazida 9,2 ball bilan Buyuk Alyaska yer silkinishi, 1952 yilda Kamchatkaning janubiy qirg‘og‘ida 9,0 ball bilan sodir bo‘lgan.
Bu silkinishlarning har birida sunami yuzaga kelgan. Lekin hayotdan ko‘z yumgan insonlar soni ancha kam bo‘lgan. Asosiy yer silkinishlarning gipotsentri Sumatra orolining g‘arbidan 160 kilometr masofada bo‘lib, dengiz sathidan 10 kilometr chuqurlikda aniqlangan. Bu joy Tinch okeani yer silkinishlari poyasining g‘arbiy qismi hisoblanib, dunyoda sodir bo‘ladigan kuchli yer silkinishlarining 81 foizigacha ana shu hududda sodir bo‘lar ekan.
Internet materiallari asosida Ortiq PARDAYeV tayyorladi.