Yangi agentlik nima bilan shug‘ullanadi?

Hukumat qarori (252-son, 26.03.2019 y.) bilan tasdiqlangan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra mazkur Agentlikning asosiy vazifasi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar takomillashtiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Agentlik tuzilmasi tarkibiga quyidagilar kiradi

- hududiy tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘linmalari, tuman sho‘’balari;

- urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;

- nogironligi bo‘lganlar va keksalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari;

- nogironligi bo‘lganlar va keksalar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika sanatoriylari;

- nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari;

- Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

- Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi.

Shuningdek, mazkur nizom bilan Agentlikning huquqlari va majburiyatlari ham belgilab berildi.