Yangi hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 28-31 yanvar kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 yanvarda 3-8 daraja sovuq, 29-31 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 28 yanvarda 0-5 daraja iliq, 29-31 yanvarda +4+9 darajagacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28-30 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 28 yanvarda 0-5 daraja iliq, 29-31 yanvarda +4+9 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28-30 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 31 yanvarda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 28-29 yanvarda 0-5 daraja iliq, 30-31 yanvarda +5+10 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 yanvarda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 29-30 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 28-29 yanvarda 3-8 daraja iliq, 30-31 yanvarda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, 29-30 yanvarda 9-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 28 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 29-31 yanvarda 1-6 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.