Yangi import bojlariga tuzatish kiritilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ-4545-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab respublika hududida, shuningdek, respublika hududiga kiradigan og‘ir va yirik gabaritli avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, shuningdek, avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘imlar undirish va ularning harakatlanishi (kirishi) uchun ruxsatnomalar berish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan import bojxona boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.