Yangi kitob: "Adolat va saodat yo‘lida"

Abdurahim Yusupov – Samarqand farzandi. Nafaqada bo‘lishiga qaramay, jamiyatda faol, bo‘sh vaqtlarida ijod bilan shug‘ullanadi.

Yaqinda Toshkent shahridagi "IJOD NASHR" nashriyotida ijodkorning "Adolat va saodat yo‘lida" kitobi nashr etildi.
Halollik, mardlik, vatanga, xalqqa sadoqat, fidoyilik har bir oliyjanob insonning ezgu maslagidir. Bunday kishilar qaysi sohada ishlashidan, qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar yurt oldidagi burchlariga sodiq qoladilar. O‘z vazifalariga insoniylik nuqtai nazaridan yondoshadilar.

Kitobda qalamga olingan voqealar ana shular haqida hikoya qiladi.