Yangi kitob: "Samarqandga borsam men agar..."
Abdurauf Qorjovov - payariqlik mohir publitsist, tajribali muxbir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
U ko‘p yillar “O‘zbekiston ovozi” (“Sovet O‘zbekistoni”) gazetasida va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Axborot" dasturida faoliyat yuritgan. Shuning uchun ham Abdurauf Qorjovovni ko‘pchilik taniydi.
Afsuski, u qalami ayni qayralgan, o‘tkir mavzularda maqolalar yozayotgan chog‘ida, shu yilning may oyida 68 yoshida vafot etdi. Abdurauf aka o‘sha paytlarda qo‘lingizdagi "Samarqandga borsam men agar..." kitobini yozishni boshlagan edi. Hamkasblari - "Yangi O‘zbekiston" gazetasi muharriri, xodimlari va do‘stlari uning ushbu kitobini oxiriga yetkazishdi. Kitob yaqinda o‘zi tanlagan sarlavha bilan Toshkent shahridagi "SAHHOF" nashriyotida bosmadan chiqdi.
Kitobdan muallifning "Yangi O‘zbekiston" gazetasida chop etilgan sara maqolalari joy olgan. Bu maqolalar uni o‘qigan har qanday kishi Abdurauf Qorjovovning jurnalistika sohasidagi mahoratini his etadi. Muhimi, ushbu risola iqtisodiy mavzuda maqola yozishni niyat qilgan yosh muxbirlar uchun qo‘llanma vazifasini o‘taydi.