"Yangi nafas" yugurish marafoni g‘oliblari aniqlandi

"Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz» shiori ostida o‘tkazilgan marafon g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahsda birinchi va uchinchi o‘rinlarni pastdarg‘omlik Komil Fozilov hamda Alisher Axmatillayev egallagan bo‘lsa,  ikkinchi o‘rin TATU talabasi Alisher Saparovga nasib etdi.

Qizlar bahsida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni pastdarg‘omlik sportchilar Elnoza Mahmaochilova, Farangiz Olimova va Kamola Abrayevalar qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musoqabada  nogironligi  bo‘lgan  fuqarolar  o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar hamda bir qator nominatsiyalar  bo‘yicha taqdirlandi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.