Yangi yil bayrami arafasida “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yana bittaga ko‘payadi
- 23.12.2021 20:14
- 66
- O‘zbekiston

Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
Hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi, 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ham 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 15:02 da “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand