Yangi yilni yangi uyda kutib olishadi

Yangi yil bayrami arafasida Jomboy tumani Uzunovul qishlog‘ida turar joyga ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan har biri 24 xonadonli 2 ta ko‘p qavatli uy o‘z egalariga topshirildi.

Aholiga bu xonadonlar uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berildi.

– Turmush o‘rtog‘im vafot etgach, ijarada yashab kelayotgandim, - deydi Zulayho To‘ychiyeva. – Davlatimizga rahmat, bugun o‘z uyimga ega bo‘ldim. Yangi yilni yangi uyda kutib olamiz.

Og‘ir turmush sharoitidagi ayrim ayollar va oilalarga ajratilgan xonadonlarning boshlang‘ich to‘lovi tegishli jamg‘armalar va hokimlik tomonidan to‘landi.