Yangi Zelandiyada koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor tuzaldi

Yangi Zelandiya hududida so‘nggi ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida koronavirus holati qayd etilmadi. Shu bilan birga COVID-19 infeksiyasi aniqlangan oxirgi bemor tuzalgani ma’lum qilindi. Bu haqda 8 iyun kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu tariqa Yangi Zelandiya hududida 28 fevral sanasidan buyon ilk marta koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor qolmadi.

Regnum agentligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunga qadar mamlakatda 1504 nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 1482 nafar bemor tuzalgan va 22 nafar bemor vafot etgan.