Yangilangan Shengen axborot tizimi ishga tushirildi

Yevrokomissiya (YeK) seshanba kuni modernizatsiya qilingan Shengen axborot tizimi (SIS) kuchga kirganini e’lon qildi. 

Yevropa Komissiyasining kommyunikesiga ko‘ra, SIS "Yevropadagi va chegara nazorati bo‘yicha eng muhim axborot almashish tizimi"dir.

"Yangilangan SIS biz qurayotgan eng ilg‘or chegara nazorati asosidir. Kirish/chiqish tizimi (EES), sayohat ma’lumotlari va avtorizatsiyasining Yevropa tizimi (ETIAS)  bilan birgalikda SIS o‘zaro ishlash (chegara qurilish) arxitekturasining bir qismiga aylanadi", deyiladi YeK xabarida.