Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangiobodda statsionar telefon aloqasi ham, internet ham yaxshilanadi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Yomg‘ir yog‘sa yo shamol bo‘lsa, mahallamizda haftalab telefonsiz qoladi” nomli shikoyat xati e’lon qilingan edi. Unda, jumladan, shunday deyilgan:

“Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Yangiobod mahallasidan yozmoqdamiz. Mahallamizda statsionar telefon aloqasi va internet butunlay rasvo holatda. Ozgina yomg‘ir yog‘sa yo shamol bo‘lsa, 3-5 kun davomida aloqa uzilib qoladi. ATSga murojaat qilaverib asabimiz buziladi. Montyorlarni yalinib zo‘rg‘a olib kelamiz. Statsionar telefon va internet ishiga mas’ul idoralardan amaliy yordam kutib qolamiz”.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali Bulung‘ur tuman telekommunikatsiya bog‘lanmasi ma’muriyati ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

«Tumanda telekommunikatsiya bog‘lanmasiga qarashli jami 12 ta qishloq stansiyalari mavjud. Hozirda ushbu stansiyalar kabel liniya xo‘jaliklarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu tayyorgarlik ishlarini noyabr oyi oxiriga qadar to‘liq tugallash belgilangan.

Bugungi kunda “Kildon QTS”da ta’mirlash ishlari tugallanib, Yangiobod mahallasidagi “Bulung‘ur QTS”ga o‘tilgan. Ushbu murojaatda keltirilgan kabel liniyalari to‘liq ta’mirlandi.