Yanvar-fevral oylarida Samarqandga eng ko‘p import qilingan mahsulotlar ma’lum qilindi
Yilning dastlabki ikki oyi davomida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan 256,1 mln. AQSh dollari miqdorida tovarlarning importi rasmiylashtirilgan.
Import qilingan mahsulotlar:
Metallardan tayyorlangan buyumlar – 56,5 mln. AQSh dollari;
Texnologik asbob va uskunalar – 34,8 mln. AQSh dollari;
Tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari – 29,3 mln. AQSh dollari;
Transport va uning ehtiyot qismlari – 25,1 mln. AQSh dollari;
Oziq-ovqat mahsulotlari – 17,8 mln. AQSh dollari;
To‘qimachilik mahsulotlari – 14,5 mln. AQSh dollari;
Plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, plyonka – 11,8 mln. AQSh dollari;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 11,5 mln. AQSh dollari;
Boshqa barcha turdagi tovarlar – 15,6 mln. AQSh dollari miqdorida.