Yaponiya, Amerika mitti transportyorlar ishlab chiqarishda “poyga”lashyapti

Yaponiyada bortida odami bilan dunyoda birinchi uchuvchi avtomobil sinovdan o‘tkazildi. G‘ildirak o‘rniga chang‘i ustiga qurilgan bu mashina uzunligi 3,6 metr, 8 elektromotor bilan jihozlangan, «Niva» mashinasidan ancha kichik.

Yaponlar bu ixtiro bilan cheklanib qolishgani yo‘q. Ular GENH-4 vertolyoti ham chiqarishmoqda. U bir kishiga mo‘ljallangan. Soatiga 125 kilometrgacha tezlikda ucha oladi. Vertolyot korpusining uzunligi bor-yo‘g‘i 1,6 metr, parragining uzunligi 5 metr.

Mitti samolyot ixtiro qilishdan AQShliklar ham yaponlardan ortda qolmoqchi emas. Ular yaratgan Bimble Bee («Ari») uzunligi 2,9 metr, parragi aylanmasi 2 metr, tezligi 290 kilometr soat.

«AiF» (2020 yil 42-son)dan T.MUROD tayyorladi.