Yaponiya investorlari Nurobodda yangi loyiha boshlaydi
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish dasturi doirasida Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasining Yevroosiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari mintaqaviy menejerlari Nurobod tumaniga keldi.
- Tuman hokimi S.Berdiqulov bilan uchrashuvda yaponiyaliklar Nurobod tumanida fotoelektr stansiyasini barpo etish uchun qulay sharoit, quyosh nurlarining katta salohiyati va elektr energiyasi tranziti uchun qulay kommunikatsiyalar mavjudligini e’tirof etdi, - deya xabar bermoqda Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati. - Shuningdek, ular 600 gektar yer maydoniga quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihalarini amalga oshirish istagini bildirdi.
O‘z navbatida tuman hokimligi tomonidan ushbu xorijiy investitsiya loyihalari to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.