Yaponiya, Myanma, Ganaga limon eksport qilinadi
Viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi an’anaviy bozorlardan tashqari endilikda Hindiston, Yaponiya, Myanma, Gana davlatiga limon eksport qilish imkoniyatini yaratdi.
Inspeksiya viloyat qishloq xo‘jalik klasterlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar va boshqa manfatdor shaxslar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda eksportbop mahsulotlar yetishtirish va shartnomalar tuzish ishlarini olib bormoqda.
Shuningdek, Koreya, Xitoy, Filippin, Eron, Vetnam, Isroil, Pokiston, Tailand, Bangladesh va Iordaniya davlatlariga limon eksporti uchun ruxsatnomalar berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni paytda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda limon yetishtirish hajmini oshirish, fitosanitariya nazorati kuchaytirib, ekinlarni zararkunanda hasharotlardan samarali himoya qilish, sifatli va yuqori hosil olish choralari ko‘rilmoqda.
Samarqand viloyati o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati.