Limon daraxtiga ayni damdagi sovuq zarar yetkazadimi?
Hozirgi sovuq ob-havo qishloq xo‘jaligi uchun qanchalik xavotirli?
O‘zbekistonda bugundan havo harorati kechalari -10 darajadan ham tushishi kutilyapti. Bu issiqxonalar uchun noqulay havo. O‘zbekiston hududida isitilmaydigan issiqxonalarda limon yetishtirish keng ommalashgan.
Limon daraxtining yosh novdalari va mevalarini -1.5 -2 darajada sovuq uradi. -5 -6 daraja sovuqda esa daraxtini butkul sovuq uradi.
Albatta handaqlarda va issiqxona ichida harorat tashqariga nisbatan iliqroq bo‘ladi. Ammo baribir havo haroratini tekshirib turish va nazorat qilish talab etiladi.
Issiqxonada yetishtirilayotgan bodring harorat 0 darajaga tushib ketganda nobud bo‘ladi.
Pomidorning esa +7 daraja haroratda ildiz tizimi, -1-2 daraja sovuqda esa o‘simlikning o‘zi nobud bo‘ladi.
Mevali bog‘larga bu sovuq jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shaftoli – sovuqqa chidamsiz, bir yillik novdalari -22-26 darajada nobud bo‘ladi.
Olma - janubiy navlari harorat 32-35oS dan past bo‘lganda, ba’zilari esa - 21 da nobud bo‘ladi.
O‘rik – yog‘ochligi yaxshi pishgan bo‘lsa, - 30 gacha chidaydi.
Gilos - sovuqqa chidamsiz, - 28 da sovuq uradi.
Yong‘oq - bir yillik ko‘chatlari -25-26 da nobud bo‘ladi.
Anor - harorat 12-15 gacha pasayganda bir yillik novdalari, 15-16 da shox-shabbalari qattiq zararlanadi,18 –20 da barcha yer ustki qismi nobud bo‘ladi.
Anjir - harorat -15 da bir yillik yangi novdalarini, - 16 da ko‘p yillik shoxlarini, -18 da esa o‘simlikning ildiz bo‘g‘zigacha bo‘lgan yer ustki qismini sovuq uradi.
Xurmo - sovuqqa chidamligi jihatdan subtropik o‘simliklardan ustun turadi, shox-shabbasi -18-20 da anchagina zararlanadi, deya xabar beradi "Agro hayot".