Oddiygina limon bilan yurakni mustahkam qilishda katta natijaga erishish mumkin
- 24.09.2023 10:29
- 166
- Salomatlik
Limon tarkibida karotin va pektin darmondorilari mavjud bo‘lib, ular yurak-qon tomir tizimi va oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Limon iste’mol qilish orqali yurak mushaklari mustahkamlanadi va qon tomirlari tozalanadi, qon bosimi normallashadi.
Ikki osh qoshiq limon sharbati insonning kunlik S vitaminiga bo‘lgan ehtiyojining yarmini o‘z ichiga oladi. Shu sababli limon mavsumiy shamollashlarning oldini olishda eng to‘g‘ri tanlov. Muntazam limon iste’mol qilish virus va bakteriyalarga qarshi kurashishda ishonchli himoyani ta’minlaydi. U butun tanani - terini, soch va tirnoqlarni ham oziqlantiradi. Shuning uchun limonni rosmana "go‘zallik mevasi" deb atash mumkin.
Tarkibidagi A provitamini sababli bu meva keksa odamlar va ko‘p vaqtini kompyuter ekrani qarshisida o‘tkazadiganlarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish va hatto yaxshilashga yordam beradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nevaram o‘yinchoqdan kuyib qoldi
- Kecha, 17:42
- Jamiyat
“Shishali shift”ni yengib o‘tayotgan ayollar
- Kecha, 17:29
- Jamiyat