Yaponiyaning taniqli gazetasi o‘z o‘quvchilarini Samarqand shahri bilan tanishtirdi
Yaponiyaning eng yirik nashrlaridan biri bo‘lmish “Nikkei Shimbun” gazetasi “Samarqand siri: moviy rang va qog‘oz” mavzusida maqola chop etildi.
Unda Samarqand shahrining boy tarixi va madaniyati haqida ma’lumot taqdim qilingan. Jumladan, “Registon maydoni”da barpo etilgan tarixiy obidalarda foydalanilgan tosh naqshlar, ularni yasash va rang berish san’ati haqida bayon qilingan.
Shu bilan birga, milliy boyliklar qatoriga kiritilgan “Samarqand qog‘ozi” tarixi va hozirgi kunda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, 1876 yilda tashkil etilgan “Nikkei shimbun” gazetasi Yaponiya va dunyoning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotidagi yangiliklar, tahliliy ma’lumotlarni chop etishga ixtisoslashgan gazeta hisoblanadi. Kunlik adadi qariyb 4,7 million nusxa.