Yaponlardan yana bir ixtiro: PaPeRo hamkor, yordamchi robot

Yaponiya o‘n yillar davomida texnologiya, xususan, elektronika sohasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Va u buni COVID-19 pandemiyasi davrida yana bir bor isbotladi.

Jumladan, pandemiyadan oldin ushbu yapon startapi aeroportlarda sayyohlarga yordam berish uchun tarjimon-robotlarini sinovdan o‘tkazdi, ammo loyiha ayrim jihatdan nomaqbul deya topildi.

Yaponlar bu bilan to‘xtab qolmadi. Butun dunyoda niqobga ehtiyoj ortgani sababli Donut Robotics kompaniyasi aqlli niqob yaratish maqsadida xuddi shu dasturiy ta’minotdan foydalanishga qaror qildi. Kompaniya mutaxassislarining ta’kidlashicha, ushbu C-FACE niqobi internetga Bluetooth orqali ulanadigan dunyoda yagona ixtirodir.

- Robot-texnika ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida biz nima qilishimiz mumkinligi haqida o‘ylardik. Va smartfonga ulanadigan, ijtimoiy masofani saqlashga yordam beradigan, ovozni raqamlashtiradigan yoki tarjima qiladigan niqob yaratish g‘oyasini amaliyotga tatbiq etishga kirishdik, - deydi Donut Robotics bosh direktori Ono Taysuke.

Niqob qurilmasidagi dastur o‘rnatilgan mikrofon yordamida nutqni bir nechta tillarga tarjima qilishi, sohibi ovozini kuchaytirishi yoki eshitilayotgan nutq matnini monitorda havola etishi mumkin.

Pandemiya sababli yolg‘iz yoki qariyalar uyida yashovchilarni oila a’zolari va do‘stlari yo‘qlay olmaydi. Va bu ularning ruhiy holatiga ta’sir qilishi mumkin, degan qo‘rquv bor edi. Endi bunga barham berildi.  PaPeRo, ya’ni sun’iy intellekt asosida nutqni aniqlay olish funksiyasiga ega boladek robot qariyalarga muloqot qilishda yordam beradi. Bu ularga SMS yoki fotosuratlar almashish orqali yaqinlari bilan doim aloqada bo‘lishga imkon yaratadi. PaPeRo faoliyat ko‘rsatkichi o‘zgarishini aniqlash orqali salomatlikni monitoring qilishga yordam beradi.

Fudzie shahri Yaponiyada birinchilardan bo‘lib ushbu sxemani pandemiya avjiga chiqqan paytda sinovdan o‘tkazdi. PaPeRo suratga olishi va ularni uzoqdagi qarindoshlariga yuborishi mumkin. Bir kuni qariyaning yiqilganini ko‘rgan robot rasmini olib, oilasiga yubordi. Ular nima yuz berganini bilib, buvisini kasalxonaga olib borishga muvaffaq bo‘lishdi.

PaPeRoning yaratuvchisi, Yaponiyaning NEC Corporation axborot texnologiyalari va elektronika kompaniyasi mutaxassislari fikricha, bunday robotlar paradoks bo‘lsa-da, odamlarga yaqinroq muloqot qilishga o‘rgatishi mumkin.

“Men onamning uzoqda yashayotganini va unga qarashga imkoniyatim yetishmayotganini anglaganimdan keyin PaPeRo ustida ish boshladim, - deydi PaPeRo ishlab chiqaruvchisi Matsuda Shuguxir. - Yolg‘iz yashash achinarli, shuning uchun odamlar kim bilandir muloqot qilishni xohlaydi. PaPeRo esa muloqot qilish imkoniyatini taqdim etadi – u kun-u tun xizmatkor, beminnat yordamchi robot.

G.Xoldorova tayyorladi.