Yaratuvchisining hayotiga zomin bo‘lgan ixtirolar
E’tiboringizga ijodkorlarining hayotiga zomin bo‘lgan buyuk ixtirolar haqidagi bir nechtafojiali hikoyalarni taqdim etamiz.
Mototsikl
1863 yilda amerikalik novator va muhandisSilvestr Roper o‘z turidagi birinchi bug‘li aravaniyaratdi. O‘shanda uning g‘oyalari faqat bug‘li mashina bilan cheklanib qolmasdan, u birinchi motosikl deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan bug‘li velosipedni ham ishlab chiqdi.
Roper 1896 yilda mashinasi vyelosipedchilarningan’anaviy pedal yechimidan ustunligini isbotlash maqsadida Kembrijdagi Garvard ko‘prigida (Massachusets, AQSh) poyga uyushtirdi. U 2 daqiqayu 1,4 soniyada 64 km/soat tezlikka erisha oldi, lekin uning yuragi bunday yukka bardosh bera olmadi – Roper nazoratni yo‘qotib, shifokor kelguniga qadar vafot etdi.
Bosma mashina
Amerikalik muhandis va tadbirkor Uilyam Ballok matbaa rivojiga katta hissa qo‘shdi, u bosma mashinalar va uskunalarni loyihalashda mahsulot sifatini yaxshilash uchun ko‘plab yangiliklarniamalga oshirdi.
Garchi Bullokning ishi, aytaylik, avtomobillarpoygasida sinov o‘tkazishdan ko‘ra kamroq xavfli bo‘lib tuyulsa-da, xavf-xatarlardan xoli emas edi. 1867 yilda Bullok Filadelfiyadagi bosmaxonada o‘z dastgohlaridan birini o‘rnatayotganda baxtciz hodisa qurboni bo‘ldi: uning oyog‘i vallar orasidagi mexanizmga tortilib qoldi. Jarohat natijasida gangrena rivojlandi va bir necha kundan keyin Bullok vafot etdi.
«Titanik» paroxodi
Irlandiyalik tadbirkor, muhandis va kema quruvchisi Tomas Endryus XX asr boshlarida Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi “Harland and Wolff” kemasozlik zavodida qurilgan mashhur Titanik superlaynerining yaratuvchisi sifatida tarixga kirdi. Kemaning bosh konstruktori bo‘lib ishlagan Endryus birinchi va yagona fojiali sayohat paytida o‘zi yaratgan kema bortida edi.
1912 yil 14 apreldan 15 aprelga o‘tar kechasi aysberg bilan to‘qnashgandan so‘ng, kema cho‘kishni boshladi. Evakuasiya paytida Endryus kema egasi Bryus Ismeydan farqli o‘laroq, xotirjamlik bilan harakat qilib ko‘plab yo‘lovchilarni qutqarishga yordam berdi. Qahramonlik harakatlariga qaramay, uning o‘zi ham 1500 dan ortiq odam bilan birga "Titanik" Atlantika okeani tubiga cho‘kib ketganda halok bo‘ldi. Endryusning jasadi haligacha topilmagan.
Uchar mashina
Texnologiya instituti qoshidagi Aviasiya muhandislik maktabi bitiruvchisi Genri Smolinskiy uchar mashina yaratishni orzu qilardi.1971 yilda u “Advanced Vehicle Engineers” (AVE) kompaniyasiga asos soldi. Genri “AVE Mizar” nomli avtomobilni yaratish maqsadida “Ford Pinto” avtomobili va “Cessna Skymaster” samolyotinning orqa qismini birlashtirib, bir nechta uchar avtomobil prototiplarini ishlab chiqdi.
1973 yilda boshlangan birinchi parvozsinovlarini professional sinovchi Charlz Jeniss o‘tkazgan. Qurilmaning birinchi parvozi paytida o‘ng qanot ustuni chiqib ketdi va Jeniss maydonga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lib, aerodromga “yerda” qaytdi.
1973 yil 11 sentyabrda rejalashtirilgan ikkinchi parvozda Jeniss agregatni boshqara olmadi, shundaSmolinskiyning o‘zi mashinani boshqarishga qaror qildi. Parvoz fojia bilan yakunlandi: “AVE Mizar”ning ikkala qanoti ham tushib ketdi,natijada Smolinskiy va AVE visye-prezidenti Garold Bleyk voqea joyida vafot etdi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.