“Yashil energiya”: Samarqandda yangi texnik xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushdi
Joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ko‘p o‘rnatilgani sayin ularga texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyoj ham oshyapti.
Samarqand shahrida quyosh panellarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilishga ixtisoslashgan “Yashil energiya” MChJ viloyat hududiy bo‘linmasining viloyatdagi ilk quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ham shu ehtiyoj asosida ishga tushirildi.
- Kompaniyamiz viloyatdagi ijtimoiy soha ob’yektlari, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatadi hamda ekspluatatsiyasini nazorat qiladi, shu bilan birga ularni doimiy ravishda monitoring qilib boradi, - deydi “Yashil energiya” MChJ viloyat hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Alisher Mutalibov. – Shuningdek, quyosh fotoelektr stansiyalarining ish rejimlarini doimiy nazorat qilish, yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish, quyosh panellariga servis xizmati ko‘rsatish singari xizmatlarni ko‘rsatadi. Yana bir ahamiyatli jihati, mutaxassislarimiz quyosh panellarini chang va g‘ubordan tozalash xizmatini ham yo‘lga qo‘ydi.
Markazning ochilish marosimida viloyat hokimining yordamchisi N.Ibragimov, Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari F.Najmiddinov hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.