"Yashil shahar" qachon, qanday barpo etiladi?
Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda “Yashil shahar” master-rejasini ishlab chiqish maqsadida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotda viloyatlar va Toshkent shaharlari hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari qatnashyapti.
- Mazkur treningning asosiy maqsadi hokimliklarga “Yashil shahar” harakat rejasini ishlab chiqishga ko‘maklashishdir, - dedi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari O.Qudratov. - Trening davomida “Shaharning ekologik vaziyatini baholash va zarur yechimlarni ishlab chiqishda mavjud muammolar va imkoniyatlarni aniqlash bo‘yicha yondashuv”, “Shaharlarning, atrof-muhitning asosiy holati to‘g‘risidagi bilimlarni ma’lumotlar bazasidan foydalanish orqali ma’lumotlar va solishtiruvchi tahlil natijalarini to‘plash orqali kengaytirish”, “Rivojlanayotgan milliy siyosat va qonunchilik kontekstini ko‘rib chiqish mahalliy hokimiyat organlari darajasida ekologik yaxshilanishlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin” kabi masalalarga e’tibor qaratilyapti.
Shuningdek, “Erishiladigan va tegishli harakatlarni ishlab chiqishda indikatorlar to‘plami va boshqa ma’lumotlar bilan qanday ishlash kerak?”, “Ekologik yechimlar, yashash muhitini tiklash, intellektual texnologiyalardan foydalanish va boshqa kabi ekologik harakatlarning yangi usullarini o‘qitish”, “Tegishli resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, mahalliy hokimiyatning turli bo‘linmalari o‘rtasida hamkorlik qilish va barcha jarayon davomida tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish, harakatlar uchun keng asos yaratish va samarali amalga oshirish imkoniyatini oshirish” kabi mavzular borasida ham fikr almashilmoqda.
Trening davomida hokimlikning iqtisodiy va ijtimoiy kapitalini yaratish bilan birga atrof-muhit holatini yaxshilashga bevosita ko‘maklashish uchun turli manbalardan investitsiyalar imkoniyatlari to‘g‘risida tushunchalar olish, “Yashil shahar” rejasining amal qilish davrida muhim o‘zgarishlarga erishishga qaratilgan harakatlarni samarali monitoring qilish va amalga oshirish uchun bilim olish ko‘zda tutilgan.