Yerga chigit tushdi
- Mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish va optimal muddatda o‘tkazishni ta’minlash maqsadida 200 dan ziyod guruh tuzildi, - deydi viloyat g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi Nurmamat Tursunov. - Ushbu guruhlar tomonidan yerni ekishga tayyorlash, urug‘lik chigit va mineral o‘g‘it yetkazib berish, mexanizator va boshqa ishchilarga zarur sharoit yaratish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Mavsum oldidan barcha texnika va ekish agregatlari sifatli ta’mirlanib, ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bu yil viloyatda g‘o‘zaning “Omad”, “Buxoro-102”, “Sulton”, “Porloq-1”, “S-8286” singari ertapishar, serhosil va istiqbolli navlari ekilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar dala chetlariga tut va boshqa daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, limon ko‘chatlari yetishtirish, parranda, baliq va quyon parvarishlash bo‘yicha ham tajriba almashdi. Shuningdek, Narpay tumanida joriy mavsumda foydalanilayotgan zamonaviy chigit ekish seyalkalarining imkoniyatlari va ish unumi bilan tanishdi, ekish sifatini ko‘zdan kechirdi.
Seminarda viloyat hokimi T.Jo‘rayev ishtirok etdi.
Abdurasul AShUROV.