Yigitlar harbiy qasamyod qabul qilishdi

Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlariga qarashli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida bir oylik yig‘inni muvaffaqiyatli o‘tab bo‘lgan yigitlar harbiy qasamyod qabul qilishdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, askarlar hamda ularning ota-onalari ishtirok  etgan  tantanali tadbirda so‘zga chiqqan batalon komandiri S.Bobobekov, S.Javliyev va boshqalar bugungi kunda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning xizmatni yuqori saviyada o‘tashi uchun zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladi va o‘g‘lonlarni ushbu kun bilan tabrikladi.

– Qisqa muddat ichidayoq muhim harbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldim, – dedi samarqandlik Toyirjon Ma’rupov. – Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni o‘zlashtirdim. Kelgusida shartnoma asosida Samarqand shahridagi milliy gvardiya bo‘limida ishlash niyatidaman.

B.Mustanov.