Harbiy orkestr kuylari yoshlarni vatanparvarlikka chorlaydi

Markaziy harbiy okrug Samarqand gornizoni ma’naviyat-ma’rifat markazida harbiy orkestr jamoasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

20 nafarga yaqin san’atsevar, iste’dodli harbiy xizmatchilar jamoaga a’zo. Ular harbiylar va aholi ishtirokida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib keladi.

- Markazda jamoamizning tadbirlarda ishtirok etish va ularga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari uchun ham kerakli sharoit yaratilgan, - deydi jamoa a’zosi Nodirbek Azizov. - Maqsadimiz turli musiqa sadolari orqali harbiylarga jangovar ruh bag‘ishlash, ularning maroqli hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish. Shuningdek, chiqishlarimiz yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu kunlarda harbiy orkestr jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 20 yanvarga qadar davom etayotgan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etyapti.

Samarqand gornizoni ma’naviyat-ma’rifat markazida harbiy ansambl ham tashkil etish rejalashtirilgan.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV (foto).