Yilning o‘tgan davrida 9507 nafar bola gepatit A kasalligini yuqtirib olgan
Kasallanish ko‘rsatkichlarining o‘sishi Samarqandda ham kuzatilmoqda.
"Sanepidqo‘mita" axborot xizmati ota-onalar farzandlari ushbu kasallikni yuqtirib olmasligi uchun, avvalo, ularni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishga chaqirgan. Ularni gepatit A ga qarshi o‘z vaqtida emlatish tavsiya qilingan.
Ma’lum qilinishicha, emlash 94-98 foiz holatlarda virus yuqishining oldini oladi. Emlashdan keyin jiddiy asoratlar kuzatilmaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, vaksinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud. Vaksinatsiya bir marotaba qo‘llaniladi, qayta emlash talab etilmaydi.
Chunki virusli gepatit «A» vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng 15 yilgacha muddatda immunitet tarangligi saqlanib qoladi.
Asosan, 18 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi.