Yomg‘irsiz yil ortidan Marokashda oilalarning qariyb yarmi maishiy ehtiyojlar uchun qarz olgan

Marokashning rejalashtirish bo‘yicha Oliy komissiyasi payshanba kuni e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, mamlakatdagi oilalarning 45 foizi 2023 yilning birinchi choragida o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qarz olishga majbur bo‘lgan.

Joriy yilda Marokash bozorlarida birlamchi va oziq-ovqat tovarlari narxining oshishi va mamlakatdagi qurg‘oqchilik oqibatlari bilan bir qatorda,  xom ashyo narxlarining tez o‘sishi kuzatilyapti.

Hisobotga ko‘ra, Marokash oilalarining 85,3 foizi o‘tgan 12 oy davomida turmush darajasi yomonlashganini aytgan. Shuningdek, keyingi so‘rovnomada 12 oy davomida oilalarning 98,7 foizi oziq-ovqat narxlarining o‘sishini his qilgani ta’kidlangan.

Mart oyida Marokash Markaziy banki Ukrainadagi urush oqibatlaridan kelib chiqqan yuqori inflyasiyani to‘xtatish maqsadida foiz stavkasini 50 bazaviy punktga, 2,5 foizdan 3 foizga ko‘tardi. Marokashda yillik inflyasiya darajasi yanvar oyida 8,9 foizga nisbatan o‘tgan fevral oyida 10,1 foizga tezlashgan.