Yoshlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha Samarqand forumi o‘z ishini boshladi

“Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusidagi ushbu xalqaro tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida tayyorlangan Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiya loyihasini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasini maromiga yetkazishda muhim poydevor bo‘ladigan mazkur forumda Amerika, Osiyo, Afrika, Yevropa va Avstraliya qit’asidan ishtirokchilar qatnashmoqda.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga murojaati o‘qib eshittirildi.

Mazkur veb-forum O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji va nufuzini oshirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

To‘lqin Siddiqov, 

Baxtiyor Mustanov (foto).