"Yoshlar ishlari agentligi kubogiʼʼning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” respublika ochiq turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kubokning mukofot jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lib, viloyatimizdan 52 ming 128 nafar shaxmatga qiziquvchilar orasidan mahalla, sektor, tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 53 nafar havaskor va professional shaxmat ixlosmandlari dona surdi.

- Bunday musobaqalar ko‘proq tashkil qilinsa yaxshi bo‘lardi, - deydi Urgut tumanida yashovchi Ruqiya Olimova. - Ham vaqtimiz mazmunli o‘tadi, ham qaysidir ma’noda Osiyo va xalqaro musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik bo‘ladi. Bugun «Havaskor ayollar» o‘rtasida respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritdim. Endi bosh sovrinni olish uchun astoydil harakat qilaman.

Turnir yakunida g‘oliblar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.