Yoshlar ittifoqi va ’’Kamalak’’ bolalar tashkilotiga sardor saylandi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat sardorlar kengashi a’zolarining saylovi bo‘lib o‘tdi.
Saylovda yoshlar ittifoqi va uning qoshidagi ’’Kamalak’’ bolalar tashkilotiga sardorlar saylandi.
Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi sardorligiga Samarqand tumanidagi 38-umumiy o‘rta maktabi o‘quvchisi Xurshid Hasanov, “Kamalak” tashkiloti sardorligiga Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16-maktab o‘quvchisi Shahzoda Ahadova saylandi.
Shuningdek, har ikki tashkilotga qo‘shimcha yo‘nalishlar bo‘yicha 6 nafardan sardor saylandi.
Ularga yoshlar ittifoqi viloyat kengashining maxsus ishonch yorliqlari topshirildi.
G‘ofirjon Bobobekov.