Yoshlarga yangi yo‘l harakati belgilari va qoidasi tushuntirildi

“Vatanparvar” tashkiloti Samarqand birlashgan texnika maktabida Samarqand shahar IIB YXXB va maktab hamkorligida “Yo‘l harakati qoidalarini va yo‘l belgilarini o‘rganamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir Prezidentimizning “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlandi.
Unda Samarqand shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 70 nafarga yaqin o‘quvchilariga Samarqand shahar IIB YXXB bo‘limi xodimi Ozod Usmanov tomonidan piyodalarning yo‘llarda harakatlanish qoidalari, avtomobillarning serqatnov joylarida yoshlar nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi aytib o‘tildi. Shuningdek, o‘quvchilar yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi uchun yo‘l qoidalari belgilari va harakatda bo‘lgan avtomobillar maketi bilan tanishdi.
Husan ELTOYeV.