Yoshlarimiz oila qurishga tayyormi?

Unda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i Z.Shodiyeva, markazning Samarqand shahar bo‘limi rahbari S.Zohidova, psixolog A.Bahromova va boshqalar viloyatimizda oilalar manfaatlarini ta’minlash, ularni himoya qilish, yosh avlodni ibratli an’ana va qadriyatlarimizga hurmat va sodiqlik ruhida kamol toptirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdilar.

–  Oilalarda ajrimlar, o‘zaro kelishmovchilik, turli noxush holatlarning oldini olish, shuningdek, voyaga yetmaganlarni oilaga tayyorlash borasida barcha hamkor va hamjihatlikda ish olib borishi lozim, – deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Zebuniso Shodiyeva. – Ayniqsa, o‘smir yoshlarni oilaga tayyorlashda ruhshunoslarning o‘rni alohida. Shu bois bugungi tadbirga viloyatimizning turli muassasalarida faoliyat yuritayotgan ruhshunoslarni taklif etdik. Ularning tavsiyalari nafaqat yoshlarga, balki har bir ota-ona uchun zarur. Zero, jamiyatimizda oilaning tinchligi, xotirjamligi yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta’minlaydi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan o‘quv-seminarda oila va tarbiya, din va oila, oila va jamoatchilik kabi mavzular bo‘yicha ham atroflicha fikrlar yuritildi.

O‘z muxbirimiz.