Yuqori likvidli va monopol mahsulotlar birja savdolariga qo‘yiladi
Prezidentimizning 2019 yil 8 oktyabrdagi «Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, birja savdolarida monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ichki bozorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli, monopol mahsulot sotuvchilar majburiy tartibda tovar xom ashyo birjalarida hisobga qo‘yiladi. Bu ma’lumotlar tegishli shartnoma tuzilib, majburiyatlar bajarilgach, 3 kunda birjaning rasmiy sahifasida joylashtiriladi.
Tovar xom ashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga ko‘ra, birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzish mumkin. Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallari monopolist korxonalar va davlat ulushi bor bo‘lgan tashkilotlar tomonidan tovar xom ashyo birjalarining rasmiy veb-saytlariga, zarur holda har oyda yangilangan tarzda joylashtiriladi. Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yib borilishi nazorat qilinadi.
O‘.XUDOYBERDIYEV.