Yurtimizda 4 egizak dunyoga keldi

Farg‘ona shahar «Xo‘jamag‘iz» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi G‘anijon Odilov xonadonida birdaniga to‘rt egizak: 3 o‘g‘il va bir qiz dunyoga keldi, deb xabar berdi O‘zA.
Hozirda chaqaloqlar va onaning salomatligi yaxshi. Shunday bo‘lsa-da, shifokorlar ularni doimiy nazoratga olgan.
– 2016 va 2018 yilda ham farzandli bo‘lgandik, – deydi Munavvarxon Odilova. – Katta farzandimiz qiz edi. Endi uch o‘g‘il va uch qizli bo‘ldik, Allohga shukur, juda baxtlimiz. Shifokorlargayam o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ota-ona chaqaloqlarga To‘lqinboy, Abdukarim, Abduhakim va Zilola deb ism berishgan.
Shahar FHDYo organi xodimlari tug‘ruqxonaga tashrif buyurib, qo‘sh egizaklar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni tantanali tarzda topshirgan.