Yurtimizda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi sog‘aydi

🔺2020 yil 24 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 156 (+91) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 296 nafar bemor sog‘aydi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 35 283 (+296) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 596 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.