Zaharga ta’sirsizlik, suv ostida nafas olish. Bu kabi qobiliyatlarga qanday erishish mumkin?

Insonda tabiiy qobiliyatlar yetarlimi? Bir tomondan, faqat rivojlangan miya va idrokning o‘zigina bizga, hatto qushlar kabi ucha olmasligimiz, tozi it yoki gepard kabi yugurishni va mushuk kabi qorong‘ulikda ko‘ra olmasligimizga qaramay,butun dunyodagi mavjudotlar oldida katta ustunlikni beradi. Boshqa tomondan oramizda tabiat g‘ayrioddiy qobiliyatlar ato etgan insonlar ham uchrab turadi va ba’zida biz bu odamlarga havas qilamiz.

Zaharga ta’sirsizlik

5 сверхспособностей, которые реально получить с помощью науки

Odamlarga sun’iy ravishda zaharlarga befarqlik paydo qilingan holatlar bo‘lgan. Masalan, tarixda Pontiya qiroli Mitridat VI otasi kabi zaharlanmaslik uchun hayoti davomida kichik dozalarda zahar qabul qilib turgan. Demak, har birimizning tanamizda nafaqat xavfli moddalarni olib yurish, ularga toqat qila bilish, balki bu qobiliyatni farzandlar va nevaralarga meros tariqasida berishimiz mumkin irsiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin ekan.

Mutlaq xotira
Kuniga bir necha soat davomida qilingan kundalik mashg‘ulotlar katta hajmdagi ma’lumotlarni batafsil yodlashga yordam beradi.
Ba’zi odamlar taqdir in’omi deb atash qiyin bo‘lgan hayotda bo‘lib o‘tgan voqealarning batafsil eslab qolish - gipertimeziya qobiliyatiga ega. Hayotini batafsil tavsiflab bergan birinchi odam Jill Prays bo‘lib, ayol 14 yoshidan u bilan sodir bo‘lgan barcha hodisalarni aniq eslaydi yoki hodisaning aniq sanasini aytishi mumkin.

5 сверхспособностей, которые реально получить с помощью науки

Xotira bo‘yicha AQSh chempionati g‘olibi Nelson Dellisning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar boshida unga 52 karta dastasini yodlash uchun taxminan 20 daqiqa vaqt berilgan, keyinchalik u bu vazifani 30 soniyada bajarishni o‘rgangan. Ushbu natijalarga erishish uchun u kuniga 5 soat mashq qilishi kerak bo‘lgan.

Suv ostida nafas olish qobiliyati

5 сверхспособностей, которые реально получить с помощью науки

Daniyalik olimlar katta hajmdagi kislorodni saqlashga qodir sun’iy kristall yaratdi. Ulkan havo silindrlari o‘rniga ushbu moddaning kichik qismlaridan foydalanish, suv ostida suzish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Tortishish kuchiga qarshilik

5 сверхспособностей, которые реально получить с помощью науки

Olimlar gekkon (kaltakesak)ning panjasidagi yopishqoqlikni taqlid qiluvchi maxsus quruq sintetik yelim yaratish ustida yillar davomida ish olib bordi. Ushbu usul tufayli inson o‘zini super qahramonlar kabi his qilishi va, masalan, osongina devorlarga tirmashib chiqishi mumkin.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.