"Zarafshon" fotomuxbiri “Aziya metall standart” korxonasida

Toyloq tumanidagi “Aziya metall standart” mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli o‘lchamdagi zanglamas quvur va profillar ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 4 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 40 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda.
– Dastlab faoliyatimizni temir tunukadan zamonaviy profil va quvurlar ishlab chiqarishdan boshlagan edik, – deydi jamiyat rahbari Abusaid Himmatov. – 2018 yilning boshida zanglamas quvur va profil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ayni paytda korxonamizda turli o‘lchamdagi 20 turga yaqin zanglamas profil va quvurlar ishlab chiqarilmoqda. Tayyor mahsulotni ichki bozorga chiqaryapmiz. Iyun oyi boshida tojikistonlik hamkorlar bilan 500 ming AQSh dollarlik shartnoma tuzdik. Bugungi kungacha 3 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.