«Zarafshon» gazetasining bugungi (2020 yil 25 aprel №47) sonida o‘qing

* Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining ko‘makka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida so‘z yuritdi.

* Umumxalq harakatga birinchilardan bo‘lib qo‘shilgan Samarqand tumanidagi “Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi kengashi raisi Shavkat Jalolov hamda Samarqand shahridagi “Aziya metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Nodir Boboyev nechta ehtiyojmand oilaga qanday ko‘mak berdi?

* Viloyatimizda doimiy yashovchi aholi 3 million 860 ming kishini tashkil etadi. Xo‘sh, viloyat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan yillik talabi qancha? Mahsulotlarning qanchasi viloyatning o‘zida yetishtiriladi, qanchasi qo‘shni viloyatlardan keltiriladi?

* Yaqinda Zarnews.uz saytida «Tomorqangizda ekin ekishda qanday muammolarga duch kelyapsiz?» degan savol bilan so‘rov e’lon qilgan edik. Unda turli javoblar orasida «Ekin ekishga hafsala qilmayapmiz», degan varianti ham bo‘lib, aynan shu javobni tanlaganlar 144 nafarni tashkil qilgani hayratlanarli.

* Samarqanddagi oliygohlardan biriga talabalar turarjoyi emas, balki kichik mehmonxona quriladi. Bu mehmonxonada talabalar ham yashaydi, ham ishlaydi, ham aholi va shahar mehmonlariga mehmonxona xizmatini ko‘rsatadi. Toping-chi, bu qaysi oliygoh?

* Karantin sabab bog‘chalar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan bo‘lsa-da, ta’lim, mashg‘ulotlar to‘xtagani yo‘q. Xo‘sh, onlayn bog‘cha bizga nimalarni o‘rgatdi?

* Belarusni dushmanlardan ozod qilishda jon bergan 151 samarqandlik. Ular kimlar edi?

* Hozirgi zamonda lotereyadan yirik summada pul, qimmatbaho mashina yoki kvartira yutib olishni orzu qilmaydigan kishini topish amrimahol. Xo‘sh, lotereya o‘yini qachon paydo bo‘lgan?