Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Zarafshon" milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21 fevral kuni Jomboy tumanida joylashgan "Zarafshon" milliy tabiat bog‘ining uchinchi bo‘limi hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati zarnews.uz’ga xabar bermoqda.

Yong‘in oqibatida suv tol va malina bo‘talari kabi o‘simliklar o‘suvchi jami 0,25 gektar yer maydoni zarar ko‘rgan. Olov hududga biriktirilgan mas’ullar va xodimlar tomonidan tezkor tartibda bartaraf etilgan.

Ayni paytda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.