“Zarafshon”ning oltin arxivi: XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari bir suratda. Ularni taniy olasizmi?
Pastda birinchi qator chapdan birinchi – G‘ulom Ismoilov, beshinchi – Barot Boyqobilov, oltinchi – Sur’at Oripov, yettinchi – Normurod Narzullayev.
Ikkinchi qator chapdan birinchi – Mirmuhsin, to‘rtinchi – Quddus Muhammadiy, beshinchi – Hamid G‘ulom, oltinchi – Zulfiya, yettinchi – Abdulla Qahhor, sakkizinchi – Nazir Safarov, to‘qqizinchi – Husniddin Sharipov, o‘ninchi – Asqad Muxtor.
Uchinchi qator chapdan beshinchi – Hamida Karimova, o‘ninchi – E’tibor Oxunova.
To‘rtinchi qator chapdan oltinchi – Tursunboy Adashboyev.
Shoira Hamida Karimova shaxsiy arxividan olingan suratda biz bilgan, tanigan ijodkorlar ismi-sharifini keltirdik. Qolganini veb-saytimiz faollari to‘ldiradi, degan umiddamiz.
Shundan keyin suratni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyiga taqdim etamiz.