«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 17 dekabr, №158) sonida o‘qing

2020 yilda viloyat mahalliy byudjetining daromadlari necha so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda? Xarajatlari-chi? Xo‘sh, viloyat byudjeti xarajatlarining necha foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi? Sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltiriladigan mablag‘ning salmog‘i qancha? Xalq deputatlari viloyat Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasida deputatlar 2020 yilgi viloyat byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqib, tasdiqladimi?

***

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. 

Xo‘sh, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning, umuman, partiyaning saylovoldi dasturi qanday? Gazetamizning ushbu sonida mazkur partiyalarning g‘oya va maqsadlari, deputatlarning dasturlari haqida o‘qiysiz.

***

Milliy reyting tahlillariga ko‘ra, ta’lim sifati bo‘yicha Samarqand respublikada oxirgi o‘rinni qayd etdi. Bu holatni yaxshilash uchun viloyat xalq ta’limi tizimida nima ishlar qilinmoqda? O‘qituvchi o‘z ustida ishlamasa, ustoz-shogird an’analarini davom ettirmasa, darsga tayyorgarlik ko‘rib kelmasa ta’lim tizimida o‘zgarish bo‘ladimi?